• Dunyodan qadrmas, boylik izlasak,
    Uchragan har ishdan omad ko`zlasak,
    Mehr ko`chasiga qadam qo`ymasak,
    Oqibat yo`qolar kutilmaganda.

    Nigohlar to`qnashar kutilmaganda,
    Visollar sirlashar kutilmaganda.
    Bevafo dastidan yig`laydi ko`ngil,
    Sevgini xo`rlashar kutilmaganda. (x2)

    Kimdan mehr ko`rsak, kimdandir qahr,
    Nochorni kamsitib, yig`latsak axir,
    Mehrni unutib, bo`lsak toshbag`ir,
    Oqibat yo`qolar kutilmaganda.

    Omad bizga boylik eshigin ochsa,
    Omad boylik berib, nurlarin sochsa,
    O`tmishni unutsak, diyonat qochsa,
    Omad bizdan ketar kutilmaganda. (x2)

    Kimdan mehr ko`rsak, kimdandir qahr,
    Nochorni kamsitib, yig`latsak axir,
    Mehrni unutib, bo`lsak toshbag`ir,
    Oqibat yo`qolar kutilmaganda. (x2)

    Oqibat yo`qolar kutilmaganda…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.