Ali Otajonov - Yondiradi qo'shiq matni, lyrics

Ali Otajonov

Yondiradi

Bilmadim go`zalning ne tilakchasi bor ekan,
O`ylasam, asli uning yurakchasi tor ekan. (x2)

Gaplarimni aytolmayin yuraman,
Menga qarar deb yo`lida turarman.
(Gaplaringni aytolmayin yurasan,
Senga qarar deb yo`lida turasan.)

Qaramaydi-ey, qaramaydi-yey,
Holing ne deb so`ramaydi-yey.

Shu go`zalning ko`zida sehri bormikan?
Yo hammadan o`tguvchi makkormikan? (x2)
Nigohlari yurak-bag`rimni o`yar,
Bir qarab, lablarini burib qo`yar. (x2)

Yondiradi-yey, kuydiradi-yey,
Suymaganni ham suydiradi-yey. (x2)

Shu go`zalning dardi bilan xastaman,
Osmondagi oydir u, men pastdaman. (x2)
Gaplarimni aytolmayin yuraman,
Menga qarar deb yo`lida turaman. (x2)

Yondiradi-yey, kuydiradi-yey,
Suymaganni ham suydiradi-yey. (x2)

Gaplarimni aytolmayin yuraman,
Menga qarar deb yo`lida turaman. (x2)
Yondiradi-yey, kuydiradi-yey,
Suymaganni ham suydiradi-yey. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shoxruzga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yondiradi
Xonanda:
Ali Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 1, 2018