Alijon Isoqov – Yakkabog'

Alijon Isoqov

Yakkabog’

Gulistonimsan mani,
Jamolingni so`ylayman.
Qalbimda qaynab toshgan
Madhing dildan kuylayman. (x2)

Yakkabog`im, Yakkabog`,
Senga qanot ko`hna tog`.
Yurtlar ichra eng go`zal,
Ona yurtim Yakkabog`. (x2)

Qarog`imsan, ko`zimsan,
Yurakda dil so`zimsan.
O`zligimsan, o`zimsan,
Qalbim to`ldirgan nursan.

Savlat to`kib turibdi,
Xisor tizma tog`laring.
Go`yo jannatga o`xshar
Fayzli qishloqlaring.

Yakkabog`im, Yakkabog`,
Senga qanot ko`hna tog`.
Yurtlar ichra eng go`zal,
Ona yurtim Yakkabog`. (x2)

Go`zallikka burkangan
So`lim go`zal bog`lar bor.
Temur bobom tug`ilgan
Ulug` joy – Xo`jayli bor. (x2)

Yakkabog`im, Yakkabog`,
Senga qanot ko`hna tog`.
Yurtlar ichra eng go`zal,
Ona yurtim Yakkabog`. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yakkabog’
Xonanda:
Alijon Isoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 1, 2017