Alisher Fayz - 1100 kilometr (Bir ming bir yuz kilometr)

Alisher Fayz

1100 kilometr

Toshkandan Xorazmgacha bir ming bir yuz kilometr, (1100 kilometr)
Kabutarim, maktubimni darrov borib yora yetir. (x2)
(Ox-ox-oxaxey)

Uchraganga dardimni doston qilib aytmagin, (oxaxey-oxa)
Havo aynib qoldi deb, yarim yo’ldan qaytmagin. (oxaxey-oxa)
Duch kelganga dardimni doston qilib aytmagin,
Yomg’ir yog’ib qoldi deb, Samarqanddan qaytmagin.

Sog’inganimni yozdim, talpinganimni yozdim,
Kuylayverib, o’ylayverib, parxezsiz ham zo’r ozdim-ey.

Toshkandan Xorazmgacha bir ming bir yuz kilometr, (1100 kilometr)
Kabutarim, maktubimni darrov borib yora yetir. (x2)
(Hey, kishtaka-kishtak)

Armonlarga aylanmasin Alisherning orzulari, (oxaxey-oxa)
Lablarimga muhrlangan go’zalimning kulgulari. (oxaxey-oxa)
Armonlarga aylanmasin man oshiqning orzulari,
Lablarimga muhrlangan go’zalimning kulgulari.

Xivaga deb, to’rt kunga deb, ketgan edi aslida,
Mazasi yo’q osh-tuzimning, tunlar qochar uyqulari.

Toshkandan Xorazmgacha bir ming bir yuz kilometr, (1100 kilometr)
Maktubimni olgan bo’lsang, rahming kelsin, uyda o’tir. (oxaxey-oxa)

Toshkandan Xorazmgacha e yo’g’e,
Xorazmdan Toshkentgacha huddi shuncha kilometr, (1100 kilometr)
Mehmonlarga eshik ochiq, san tinchgina uyda o’tir.

Hijroniga dosh bermadim, qo’y, jonginam uyda o’tir,
Uyga desang ruxsat yo’g’ey, jahlim chiqar, uyda o’tir.
Sog’inganman uyda o’tir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
1100 kilometr
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 17, 2015