• Sevganimni shum taqdir
    Begonaga uzatdi,
    So’ng shu taqdirning o’zi
    Yor-yor aytib kuzatdi.
    Yonib-yonib kul bo’ldi
    Yuraklarda sevgimiz,
    Baxtin topgan kim bo’ldi
    Baxtsiz bo’ldik ikkimiz.

    Qaydan keldi sevgilim
    Ikkimizga tengidan
    Bu jafo…(bu jafo)
    Hayr deyman sevgilim,
    Alvidolar sevgilim, alvido.

    Yolg’iz yurma inim deb
    Majnunlar ham deydilar marhabo,
    Ey ishq dardiga mubtalo
    Etting endi bu dardim bedavo,
    Bedavo.

    Bu dunyoda muhabbat
    Kimlar uchun o’yindir,
    Qo’llarimda surating
    Bugun to’yingdir!
    Yig’lamasman ko’z yoshim
    Daryolarga to’lsa ham,
    Ayriliqning og’rig’i
    Yomon bo’lsa ham.

    Qaydan keldi sevgilim
    Ikkimizga tengidan
    Bu jafo…(bu jafo)
    Hayr deyman sevgilim,
    Alvido…

    Yolg’iz yurma inim deb
    Majnunlar ham deydilar marhabo,
    Ey ishq dardiga mubtalo
    Etting endi bu dardim bedavo.
    Bedavo… Bedavo… Bedavo…