Alisher Fayz - Atirgulim

Alisher Fayz

Atirgulim

Bir ko’rishda seni tanlab adashmadim,
O’zga boqqa bog’bon bo’lib yarashmadim. (x2)
Go’zalga berib seni, deyman yor degin meni,
Iforingdan mast bo’lib, xo’p degani – kulgani.

Ey gulim, atirgulim, senla hayotim so’lim,
Yorni menga aldab ber, avrab ber, atirgulim. (x2)

Sen shu qizga o’xshaysan, go’zalligi, iforing,
Goho dilimga botar, sho’xliklari, tikoning. (x2)
Dardlarimni aytgani, sendan bo’lak hech kim yo’q,
Yorga meni yaxshilab maqtarsan deb ko’nglim to’q.

Ey gulim, atirgulim, senla hayotim so’lim,
Yorni menga aldab ber, avrab ber, atirgulim. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgulim
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 12, 2014