Sen hayotda mehr ko’rmay
O’tgan bo’lsang yig’lama,
Yoki go’zal muhabbatdan
Ketgan bo’lsang yig’lama. (x2)
Alamlaring ichingga jim
Yutgan bo’lsang yig’lama.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Sen boridan, hammasidan
Go’zaldirsan, ey ayol.

Yig’lab qo’yma orzularing
Ko’z yosh bo’lib oqmasin,
O’y-hayollar olov bo’lib
Yana qayta yoqmasin.
O’tgan ketgan begonalar
Bechora deb boqmasin.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Qirq joningni yelga bermay
O’zingni asra hiyol.

Qo’y yig’lama ijozat ber
Ko’ngil, holing so’ray men,
Shubhalanma chin do’st bo’lib
Dildan suhbat quray men.
Gullar terib poyinggamas
Qo’llaringga beray men.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Qirq joningni yelga bermay
O’zingni asra hiyol.

Sen singlimsan, ey ayol,
Sen onasan, ey ayol,
Sen onamsan, ey ayol.

Sen hayotda mehr ko’rmay
O’tgan bo’lsang yig’lama…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayol
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 10, 2013