Alisher Fayz - Baxtlimisan ayt

Alisher Fayz

Baxtlimisan

Bir ko’rishda sevganim,
Bir umrga sevganim,
Yagonamsan san manim,
Baxtlimisan, ayt?

Dersan balkim qaydalar,
Oyni urgan va’dalar?
Oshiq barin uddalar,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt? (x2)

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo’llaring
Men bilan bog’laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Yillar o’tdi birpasda,
Savolim hazilmasda,
Bo’lmasin desang xasta,
Baxtlimisan, ayt?

Sara gullar donasi,
Farzandlarim onasi,
Ko’nglimning yagonasi,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Gohida ko’zingda yosh,
Gohi men sal bag’ritosh,
Kel, bo’lay senga sirdosh,
Baxtlimisan, ayt?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo’llaring
Men bilan bog’laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Tangrim bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Javobing ajoyib bo’ldi,
Sevinchdan ko’zlaring kuldi,
Xotirim endi jam bo’ldi,
Baxtliman shu payt!

Baxtliman shu payt, (x2)
Hayot yo’llarim
Sen bilan bog’laganiga.

Baxtliman shu payt, (x2)
Afsuslanmayman
Seni tanlaganimga!

Bir ko’rishda sevganim,
Bir umrga sevganim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtlimisan
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 6, 2014