Alisher Fayz - Bilmadingizda

Alisher Fayz

Bilmadingizda

Dona-dona terdim aytar har so’zim,
O’ziga yolvordim bersin deb to’zim.
Oshiq deb sayladim o’zimni o’zimey,
O’zi man kimligim bilmadingizda.

Bilmadingizda, bilmadingizda,
O’zi man kimligim bilmadingizda. (x2)

Yo’lingiz poyladim man javlon urib,
Gohida o’ng, gohida so’limga yurib.
Qo’lda dasta-dasta gullarim ko’rib
O’zganing yori deb o’yladingizda.

O’yladingizda, o’yladingizda,
O’zganing yori deb o’yladingizda. (x2)

Ishq xatin yozdim-a devonaman deb,
Xozircha sizga yor begonaman deb,
Makkora kuldingiz ishonaman deb,
Sevgini o’yin deb o’ynadingizda.

Makkora kuldingiz, ayyora kuldingiz,
Ko’p bora kuldingiz ishonaman deb,
Sevgini o’yin deb o’ynadingizda.

Bunda kuz bo’lsada, dil bahor edi,
Sizga yor o’zgacha mehrim bor edi,
Kelsaydi Alisher bir bora endi,-
Deb bekorga yig’lamang to’ylaringizda. (x2)

To’ylaringizda, to’ylaringizda,
Bekorga yig’lamang to’ylaringizda.
To’ylaringizda, to’ylaringizda,
Go’zalim yig’lamang to’ylaringizda.

Sevgini o’yin deb o’ynadingizda,
Dona-dona terdim aytar har so’zim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bilmadingizda
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2013