• Alisher Fayz

    Bo’ydoq bola

    Qizlar desa, qirq joyidan belin bog`lar,
    Necha-necha sanamlarning dilin dog`lar. (x2)
    To`yu-bazm, davralarning guli bo`lar,
    Burgut bo`lib, samolarga-yey o`zin chog`lar. (x2)

    Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
    O`ynang endi, yayrang endi, bo`ydoq bola. (x2)

    Oriyati osmonda, ko`z yetmaydi,
    Ta’rifini aytsam, hech so`z yetmaydi. (x2)
    O`t soladi manman degan sanamlarga,
    Sevib qolsa, ochiq aytar, sir tutmaydi. (x2)

    Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
    O`ynang endi, yayrang endi, bo`ydoq bola. (x2)

    Yer titraydi yursa gurs-gurs qadamidan,
    Quyosh chaqnar salobat-u badanidan. (x2)
    Kuyov to`nlar yarashadi qomatiga,
    Jon ayamas onasi-yu vatanidan. (x2)

    Hech narsadan tap tortmaydi quvnoq bola,
    O`ynang endi, yayrang endi, bo`ydoq bola. (x2)

    O`ynang endi, yayrang endi-yey, bo`ydoq bola,
    Quvnoq bola, e bo`ydoq bola!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.