• Alisher Fayz - Buyuklar qo'shiq matni, lyrics

    Alisher Fayz

    Buyuklar

    Buyuklarni ato etmoq buyuk Zotning qo`lida,
    U buyuklar suyuk bo`lib, yashar xalqning dilida.
    Temur Malik, Manguberdi, Ulug`bek-u, Boburlar,
    O`zbekiston mana shunday buyuklarning yo`lida.

    Temur Malik, Manguberdi, Ulug`bek-u, Boburlar,
    O`zbekiston mana shunday buyuklarning yo`lida.

    O`yla do`stim, bizni qanday buyuklar ajdodimiz,
    O`yla do`stim, bizlar shunday suyuklar avlodimiz.

    Olloyorni kim ko`rsa gar, “meniki” deb talashgan,
    Navoiyga eng avval shoh jilovdor bo`lib shoshgan.
    Kolumb kashf etgan ul yerni besh asrkim muqaddam
    Idrok ko`zi bilan ilk bor Beruniy bobom ochgan.

    O`yla do`stim, bizni qanday buyuklar ajdodimiz,
    O`yla do`stim, bizlar shunday suyuklar avlodimiz.

    Farobiylar, Farog`iylar beshigidir bu diyor,
    Hadis ila qanotlangan Buxoriy duosi bor.
    Bir jilmaysa – dunyo kulgan, bir qosh uysa – titragan,
    Kuch adolatda, degan Temur bobom zabti bor.

    Bizlar bilan bir zamondosh jahongir o`tdi elda,
    Yurtim deya jondan kechgan dovongir o`tdi elda.
    O`zbek xalqin bir jam qilib, buyuklarin qaytarib,
    U buyuklar saflariga so`ng o`zi ketdi eldan.

    (Islom Karimov: Sizlarni eng baxtli sezgan daqiqangizda meni ham bir eslab, men yoningizda turgandek o`zingizni sezsangiz agar, menga boshqa hech qanaqa baxt kerak emas!)

    Insoniyat orzu qilgan suyuklar ajdodimiz,
    Dunyo ahli ta’zim qilgan buyuklar avlodimiz.
    O`yla do`stim, bizni qanday Buyuklar ajdodimiz,
    O`yla do`stim, bizlar shunday suyuklar avlodimiz.

    Buyuklar avlodimiz…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.