Alisher Fayz - Dastingdan

Alisher Fayz

Dastingdan

Yo’llarimga termulib, oynadan qarab,
Sochlaringni ataylab men uchun tarab,
Ostonadan kelar chog’im tabassum bilan
Ko’nglimni tog’day ko’tar holimni so’rab-ey.

Kel, bag’rimga kel, bag’rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan,
Pichirlab isming so’ylab, kun bo’yi sani o’ylab,
Mana axir oqibat shoir bo’ldim dastingdan-ey, dastingdan.

Ko’zlar aro chaqnasa chaqinlar shu payt,
Ishqimizdan bitilsa ajib go’zal bayt,
Yuragingda bor dardingu bor mehring bilan
Bir umrga bir o’zimga keraksiz deb ayt.

Kel, bag’rimga kel, bag’rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan,
Pichirlab isming so’ylab, kun bo’yi sani o’ylab,
Mana oxir-oqibat shoir bo’ldim dastingdan-ey, dastingdan.

Sadoqatim o’zgarmas, sevgidan kechib bo’lmas,
To’lin oy kabi to’lgan go’zallarni ko’rsam ham,
Sevgi guli so’nmagay, chin oshiqlar o’lmagay,
Mehrim aslo o’zgarmagay, jonim, mingga kirsam ham.

(Kel, bag’rimga kel, bag’rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)

Baralla isming so’ylab, bir umr sani o’ylab,
Cholu kampir bo’lsagam yashnab yuray baxtimdagi baxtingdan.

(Kel, bag’rimga kel, bag’rim yonsin taftingdan)
Dastingdan…
(Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)

Kun bo’yi sani o’ylab shoir bo’ldim dastingdan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dastingdan
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 20, 2013