• (Bir ko`rdim-u yuragimdan urdingku yomon,
    Holatimni ko`rib hatto o`zim ham hayron.)

    Bir ko`rdim-u yuragimdan urdingku yomon,
    Holatimni ko`rib, hatto o`zim ham hayron.
    Endi agar kunda bir bor ko`rmasam seni, Dilnoz,
    Haroratim oshar yana, bo`larman tamom.

    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim,
    Ko`nglini topay deya parvona bo`ldim.
    Qaramaydi, qaramaydi, qaramaydi,
    Sarsona bo`ldim, ey Dilnoz.

    Men ko`rmagan kun qolmadi, devona bo`ldim,
    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim.
    Ko`nglini topay deya, topay deya
    Mingpora bo`ldim.

    O, ko`rmadim sendek bir janona,
    Hey yor, bormi senga mendek parvona?
    O`, tunu kundir seni o`ylasam,
    Dunyolarga sig`masam.

    Mehrim ortib yana, mana keldim, mana,
    Sening vasling deya, ado bo`ldim yana.
    Hech bo`lmasa uzoqdan bir qaragin, qara,
    Dilnoz.

    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim,
    Ko`nglini topay deya mingpora bo`ldim.
    Qaramaydi, qaramaydi, qaramaydi,
    Sarsona bo`ldim, ey Dilnoz.

    Men ko`rmagan kun qolmadi, devona bo`ldim,
    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim.
    Ko`nglini topay deya, topay deya
    Mingpora bo`ldim.

    Mehrim ortib yana, mana keldim, mana,
    Sening vasling deya, ado bo`ldim yana.
    Hech bo`lmasa uzoqdan bir qaragin, qara,
    Dilnoz.

    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim,
    Ko`nglini topay deya mingpora bo`ldim.
    Qaramaydi, qaramaydi, qaramaydi,
    Sarsona bo`ldim, ey Dilnoz.

    Men ko`rmagan kun qolmadi, devona bo`ldim,
    Sevgi, sevgi, sevgi deya ovora bo`ldim.
    Ko`nglini topay deya, topay deya
    Mingpora bo`ldim.