• Alisher Fayz - Do'mbira

    Alisher Fayz

    Do’mbira

    Bir qiz bor Surxon elida,
    Do’mbirasi bor qo’lida. (x2)
    Nozlanib kuylar chalar u,
    Oshig’i o’ngu so’lida. (x2)

    Bunchalar yoqimli sozi,
    Soziga hamohang nozi. (x2)
    Dilimga yoqdi ovozi-ye,
    Ye-he, ye-he, ye-he, ye-he.

    Do’mbiranimi?
    Yo’q, yo’q, do’mbirachini!
    Do’mbiranimi?
    Yo’g’-ey, yo’g’-ey, do’mbirachini!

    Tangrim bergan ne’mati,
    Bordir go’zal san’ati. (x2)
    Lekin biroz o’jarroq,
    O’jarligi odati. (x2)
    Ye-he, ye-he, ye-he, ye-he.

    Do’mbiranimi?
    Yo’q, yo’q, do’mbirachini!
    Do’mbiranimi?
    Yo’g’-ey, yo’g’-ey, do’mbirachini!

    O’toviga yetarman,
    Sevgimni izhor etarman. (x2)
    Ko’nglimni zabt etsam man-ey,
    Shoshga olib ketarman. (x2)
    Ye-he, ye-he, ye-he, ye-he.

    Do’mbiranimi?
    Yo’q, yo’q, do’mbirachini!
    Do’mbiranimi?
    Yo’g’-ey, yo’g’-ey, do’mbirachini!

    Bir qiz bor Surxon elida,
    Do’mbirasi bor qo’lida. (x2)
    Nozlanib kuylar chalar u,
    Oshig’i o’ngu so’lida. (x2)

    Bunchalar yoqimli sozi,
    Soziga hamohang nozi. (x2)
    Dilimga yoqdi ovozi-ye,
    Ye-he, ye-he, ye-he, ye-he.

    Do’mbiranimi?
    Yo’q, yo’q, do’mbirachini!
    Do’mbiranimi?
    Yo’g’-ey, yo’g’-ey, do’mbirachini!

    Dilimga yoqdi ovozi-ye,
    Ye-he, ye-he, ye-he, ye-he.
    Do’mbiranimi?
    Jo’g’-ey, jo’g’-ey, do’mbirachini!
    Do’mbiranimi?
    E, do’mbirachini!