Alisher Fayz - Eslagin qo'shiq matni, lyrics

Alisher Fayz

Eslagin

Kuz yellari, yaproq uchsa, meni eslagin,
Kiprigingga xayol cho`ksa, meni eslagin,
Qahr qilsa qish qahraton, meni eslagin,
Rahm qilsa yo saraton, meni eslagin.

Hajringda zor yurganimni eslagin, dildor,
Yuragingga kirganimni unutma zinhor,
Hayotingga kirganimni unutma zinhor.

Oydin tunda yulduz uchsa, meni eslagin,
Bulut yursa, yomg`ir quysa, meni eslagin,
Yolg`iz uyda chiroq yoqsang, meni eslagin,
Yuragingni so`roq yoqsa, meni eslagin.

Hajringda zor yurganimni eslagil, dildor,
Yuragingga kirganimni unutma zinhor,
Hayotingga kirganimni unutma zinhor.

Unutma zinhor…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslagin
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 21, 2017