Alisher_Fayz-Gulbahor

Alisher Fayz

Gulbahor

Kelaqol bir yuzlashamiz,
Dildan jo’shib so’zlashamiz,
Sirlarim ko’p sirlashamiz,
Gulbahor, keldi bahor,
Gulbahor, keldi bahor.

Senga mushtoq bo’lgan elga,
Ko’klamdan rizq tergan elga, (x2)
Hammadan ham ko’proq sevib,
Senga mehr bergan elga
Gulbahor, keldi bahor,
Gulbahor, keldi bahor.

Gul sochib har qadamimga,
Yarashibsan chamanimga, (x2)
Nurga ko’mib ham go’shasin
Kel navqiron Vatanimga.
Gulbahor, keldi bahor,
Navbahor, keldi bahor.

Kelaqol bir yuzlashamiz,
Dildan jo’shib so’zlashamiz,
Sirlarim ko’p sirlashamiz,
Gulbahor, keldi bahor,
Navbahor, keldi bahor.
Keldi bahor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulbahor
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2014