Alisher Fayz - Indamadim

Alisher Fayz

Indamadim

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Bog’laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim, (x2)
Gul bahona ishq o’yinin boshlab qo’yib-ey,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Aybimmidi so’zlaringni tinglaganim?
Yo bevafo ekanliging bilmaganim? (x2)
O’tga otib, suvga solib bu jonimni-ey,
Yetar shuncha azob berib, qiynaganim. (x2)

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Oh, sani man uchratdima qaylardanam,
Xonishlarim o’tar bo’ldi naylardanam. (x2)
Ko’p kuydirma, shartta kechib ketishim bor-ey,
Qora qoshu o’sha g’uncha lablardanam.

Ko’p kuydirma, shartta kechib ketishim bor-ey,
Qora qoshu go’zal g’uncha lablardanam.

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Bog’laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim,
Gul bahona ishq o’yinin boshlab qo’yib-ey,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim.

Gul bahona ishq o’yinin boshlab qo’yib-ey,
Shu o’yinni buzay deding, indamadim.

Bog’laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim,
Ishq o’yinin buzay deding, indamadim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Indamadim
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2014