• Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar,
    Ul-bul narsa kerak bo`lsa, shirin bo`lib ketar choylar.
    Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar,
    Qimmat ko`ylak kerak bo`lsa, shirin bo`lib ketar choylar.

    “Holatimni bil” – desang,
    “Jonim, sabr qil” – desang,
    Aytganingga ko`nmaydi.
    Qoshlarini kervolib,
    Ostonada turvolib,
    Oh, asabingni o`ynaydi. (ahey)

    Yorim “Ketoman” – deydi,
    Ketkazgani qo`ymanman.
    Yo`llariga chim bosib-o,
    O`tkazgani qo`ymayman.

    Muhabbatim, baxtim o`zing,
    San ko`nglim yagonasi.
    Goh urushib, tez yarashib,
    Yuribmizda onasi.

    “Ne bo`ldi?” – deb tinchlik bermas,
    Unda amma, xolang bor.
    Ota uyiga sig`maysan-o,
    Etak to`la bolang bor!

    Qo`ni-qo`shni, kelin-kechak,
    Elu-olam, xolang bor.
    Ota uyiga sig`maysan-o,
    Etak to`la bolang bor!

    Eru-xotin urushi – doka ro`mol qurishi,
    Oh, doka ro`molingdan-ey.
    Uch-to`rt kunlik matoni deb,
    Qasd olma joningdan-ey.

    Voy, yorim ketoman deydi,
    Ketkazgani qo`ymayman.
    Yo`llariga gul sochib-o,
    O`tkazgani qo`ymayman.

    O`g`il-qizlar bori erur
    Muhabbat nishonasi,
    Sani qanday sevishimni
    Bilmaysanda onasi.

    Yal-yal yonib turganmish-ey,
    Yuragidan urganmish.
    “E, shuncha ko`ylaging bor” desam,
    “Uni qarindoshlar ko`rganmish”.

    Lov-lov yonib turganmish-o,
    Yuragidan urganmish.
    “Mingta ko`ylaging bor” – desam,
    “Uni qarindoshlar ko`rganmish”.

    Sabr qilsang bo`lmasmu?
    Ko`ngling hecham to`lmasmu?
    Bir deganda zo`r yig`laysan,
    Aktyor bo`lsang bo`lmasmu?

    “Baribir ketoman” dema,
    Baribir keta olmaysan.
    Yaxshimanmi, yomonmanmi,
    Mensiz baxtli bo`lmaysan.

    Barakadan ayrilmasin
    Baxtimiz koshonasi,
    Sakson, to`qson, yuzdan oshib
    Yuraylik-ey, onasi.

    Sani qanday sevishimni,
    Bilmaysanda onasi.
    Yorginangning sherligini
    Bilmasmiding, onasi?

    E, o`sha qimmat ko`ylak sandan
    Aylansin-ey, onasi!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.