Alisher Fayz - Oy qizi

Alisher Fayz

Oy qizi

Bo’ylarimga bo’yingiz mos ekan deb suyibman,
Yuragimga qanchalar orzu-havas tuyibman. (x2)
Telba debsiz, rostdan ham o’xshab qoldim telbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal boy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.
Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,

Bir so’z aytib ketdingiz g’ururimni pichoqlab,
Endi yig’lab yotar bo’ldim, xo’l bolishni quchoqlab.
To’yga aytib kulib ketdingiz, g’ururimni pichoqlab,
Endi yig’lab yotar bo’ldim, xo’l yostiqni quchoqlab.

Endi hatto tushimda sizni ko’rsam qochaman,
Yuragimni qadrimga yetar qizga ochaman.
Endi hatto tushimda sizni ko’rsam qochaman,
Yuragimni o’zimdek g’or, sodda qizga ochaman.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.(x2)

Telba debsiz, rostdan ham o’xshab qoldim telbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga.
Kelin bo’lolmasangiz biznikidek kulbaga,
Ko’zlar suzib, qosh uchirmang manga o’xshash telbaga.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal boy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.
Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.

Bo’ylarimga bo’yingiz mos ekan deb suyibman,
Yuragimga qanchalar orzu-havas tuyibman. (x2)
O’ylamay-netmay sevib xato qilib qo’yibman,
Yuzingizda tabassumni man sevgiga yo’yibman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oy qizi
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 21, 2014