Alisher Fayz - Qaldirg'och qo'shiq matni, lyrics

Alisher Fayz

Qaldirg’och

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Man yorimni ko`ray bir,
Yo`llarimdan qoch, qoch. (x2)

Yoring bevafo deysanmi?
Darding bedavo deysanmi? (x2)
Uning mehr-u muhabbati,
O`zgaga ravo deysanmi?

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Man yorimni ko`ray bir,
Yo`llarimdan qoch, qoch. (x2)

Yo`l yurdim-a, yo`l yurdim,
Yo`l yursam ham, mo`l yurdim.
Bunga sabab muhabbat,
Qaltis ishga qo`l urdim.

Bordim yorni ko`rgani,
Diydoriga to`ygani,
Chiqmasa, darchasidan
Bir qarasa bo`lgani.

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Man yorimni ko`ray bir,
Yo`llarimdan qoch, qoch. (x2)

Borsam, bog`lari bahor ekan,
Muhabbati betakror ekan.
Men ham uni sog`inganim rost,
U ham menga intizor ekan.

Osmonida oyga ham joy bor,
Yuragida manga ham joy bor.
Yur, ikkimiz birga boraylik,
Ayvonida sanga ham joy bor.

Yur, ikkimiz birga boraylik,
Ayvonida sanga ham joy bor.

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Man yorimni ko`ray bir,
Yo`llarimdan qoch, qoch. (x2)

Yoring dilrabo deysanmi?
Husni bebaho deysanmi? (x2)
Uning mehr-u muhabbati
Bir senga ravo deysanmi?

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Man yorimni ko`ray bir,
Yo`llarimdan qoch, qoch.

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Eshigingni och, och.
Ko`rdingmi suyganimni?
Qalam qosh-u qora soch. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaldirg’och
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 19, 2017