Alisher Fayz - To muhabbat (Ovoramen) qo'shiq matni, lyrics

Alisher Fayz

To muhabbat (Ovoramen)

To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen, {x2}
Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen.

El netib topqay menikim, men o`zumni topmanom, {x2}
Bo`ylakim ishq-u junun sahrosida ovoramen. {x2}

Qaysi zaxmimg`a qilursen chora chun men, ey rafiq, {x2}
Tiyr boroni baliyatdin sarosar yoramen.

Kecha o`rtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab, {x2}
Ishq aro parvonavu bulbulg`a chun hamkoramen. {x2}

Ey xarobot ahli, gar siz mast o`lub, men bo`lmasam, {x2}
Ayb emas, nevchunki siz mayxora, men xunxoramen.

Ey Navoiy, bordi deb ahbob ta’jil etma ko`p, {x2}
It kabi men ergashib ul korvonni boramen.

Ishq aro parvonayu bulbulg`a chun hamkoramen…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To muhabbat (Ovoramen)
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Alisher Navoiy
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2018