Alisher Fayz - Xo'l bo'lmasin

Alisher Fayz

Xo’l bo’lmasin

Bog’ oralab yor ko’rgani kelganimda,
Yangi qo’shiq aytib beray deganimda,
Osmonlarda qaro bulut dog’landiey,
Yorni uyga ketkazmoqqa chog’landiey.

Yog’ar bo’lsang, to’lib toshgan ko’llarga yog’,
Yomg’ir so’rab jovdiragan cho’llarga yog’,
Holatimni tushungin, ey havojon, havojon,
Bu yerlardan olis ketgan yo’llarga yog’.

Yomg’ir yog’ib, ko’z yoshlarim ko’l bo’lmasin,
Yorginamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin. (x2)

Yog’ar bo’lsang, baland-baland tog’larga yog’,
Bu yerlardan olis ketgan bog’larga yog’,
Oshiqlarga halal berma, havojon-havojon,
Sevgi bilmas, yurak bag’ri dog’larga yog’.

Boshga do’ppi, qoshiga o’sma qo’yibdiey,
Qo’shig’imni izhorimga yo’yibdiey,
Kelishimga xarir ko’ylak kiyibdiey,
Yangi kiygan ko’ylaklari xo’l bo’lmasin.

Yomg’ir yog’ib, ko’z yoshlarim ko’l bo’lmasin,
Yorginamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin. (x2)

Havom dedim seni, havojonim dedim seni,
Yog’sang agar yor ketsa, armonim dedim seni. (x2)
Yog’sang manga yog’giney, xo’l qilginda mani-ey,
Yorginamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin.

Yog’ar bo’lsang, borib mana uyimda yog’,
Yor ko’nglini ovlaydigan kuyimda yog’,
Qovog’ingni solma menga havojon, havojon,
Ranjimagil bo’pti mayli to’yimda yog’.

Kuylab olay, armonlarim mo’l bo’lmasin,
Yorginamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin.
Yomg’ir yog’ib, ko’z yoshlarim ko’l bo’lmasin,
Yorginamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin.

Go’zalimning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin,
Ey yagonamning ko’ylaklari xo’l bo’lmasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xo’l bo’lmasin
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2014