Alisher Fayz - Xush kelibsiz

Alisher Fayz

Xush kelibsiz

Xush kelibsiz, sizga sharafu shonlar,
Ilmu hunar ham sportda pahlavonlar.
To`maris, Barchinoy vorislari, o`rgilay,
Ozod vatan yoshlariga mezbon Namangan. {x2}

Bog`im, chamanim, bo`ston Namangan,
Gullar shahri atalgan oshyon Namangan.
Yurtimning barkamol avlodi bugun, o`rgilay,
Bag`ringda aziz mehmon Namangan,
Bag`ringda aziz, aylanay, mehmon Namangan.

Xush kelibsiz, sizga sharafu shonlar,
Ilmu hunar ham sportda pahlavonlar.
To`maris, Barchinoy vorislari, o`rgilay,
Ozod vatan yoshlariga mezbon Namangan. {x2}

Jonim O`zbekiston, iqboling buyuk,
Obod, orasta har shahar, qishlog`ing suyuk.
Istiqlol nuridan yashnaydi mudom, o`rgilay,
Qutlug` niyatli mardlarga maydon Namangan. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xush kelibsiz
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2016