Alisher Fayz - Yolg'on ekanku

Alisher Fayz

Yolg’on ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
O’sma qo’ygan deb edilar, yolg’on ekanku!

Qarashlaring yuragimga ishq o’ti soldi,
Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Necha tunlar visolingni qo’msab yondim,
Qalbni tirnar zo’r narsasi hijron ekanku.

Sog’inganda chidolmasdan ko’z yoshim ravom,
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Kel, boshlayin gulzorima, gullar teraylik,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.

Sevganingla sayr aylasang vafo bog’ini,
Muhabbatning barcha yo’li ravon ekanku.

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.

Visol fasli oshiq uchun davron ekanku,
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’on ekanku
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 13, 2014