Alisher Fayz - Yoshlik (Kechagi yoshligim ertakmi endi)

Alisher Fayz

Yoshlik

Ko’ngil ma’yus tortdi yilning so’nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko’zim o’ngida
Yana bir yoshimni o’g’irlading, qor.

Bahorim yetgudek, qo’lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam?
Laylakqor, azizim, g’alat bayram bu –
Kulib kuzatsammi, yig’lab kuzatsam?

Qirqinchi qasrimga o’taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So’rsang, sevinchimdan o’kinchim ko’proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko’zda tabassum-u kiprikda titroq.

Yangi yil, kelaver, qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo’ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo’qlab kelganingni o’zi bir bayram.

Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Qulog’ingga bir gap aytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Qirqinchi qasrimga o’taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshlik
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2016