Nozlar qilib o`tasiz,
Ko`zlarimni kuydirib.
Bir boqmasdan ketasiz,
Yuragimni yondirib. (x2)

Bunchalar nozaninsiz,
Shunchalar berahmsiz.
Bunchalar ado qilmang,
Siz mening sevganimsiz. (x2)

Ro`molingiz avaylab,
Solar bo`lsam qo`ynimga,
Tolim-tolim sochingiz
Dor bo`lmasmi bo`ynimga?

Qoshlaringiz kamondir,
Ko`zlaringiz jayrondir,
Sizni bir kun ko`rmasam,
Holim mening vayrondir.

Bunchalar nozaninsiz,
Shunchalar berahmsiz.
Bunchalar ado qilmang,
Siz mening sevganimsiz. (x2)

Nozlar qilib o`tasiz,
Ko`zlarimni kuydirib.
Bir boqmasdan ketasiz,
Yuragimni yondirib. (x2)

Bunchalar nozaninsiz,
Shunchalar berahmsiz.
Bunchalar ado qilmang,
Siz mening sevganimsiz. (x6)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozanin
Xonanda:
Alisher Ro'zmetov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 29, 2015