Alisher Uzoqov - Kerak emas menga

Alisher Uzoqov

Kerak emas menga

Yeru osmon va zamon, bugun menga baribir,
Chunki sen yonimdasan,
Uxlatolmas meni hattoki tun.

Orzularim bahori, armonimning oxiri,
Peshonamga yozilgan,
Hayotim boru yo`g`i senla bu tun.

Kerak emas menga bu gullarning chiroyi,
Men uchun eng go`zal yor-a o`zing.
Men ishondim senga, sening bitta ishorangga,
Bir o`zingga havola, jonim.

Sovuq shamol, gulu rayhonim, mani ayirma
Bu shirin visolingdan,
Yuragimdaliging mani boru yo`g`im.

Ko`zlarimdan tomadur dona-dona alamim,
Lekin bu bahona, yetishga senga.

Kerak emas menga bu gullarning chiroyi,
Men uchun eng go`zal yor-a o`zing.
Men ishondim senga, sening bitta ishorangga,
Bir o`zingga havola, jonim. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kerak emas menga
Xonanda:
Alisher Uzoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 15, 2015