• Alisher Uzoqov - Mubtaloman ("Tundan tonggacha" filmiga soundtrack)

    Alisher Uzoqov

    Mubtaloman (Tundan tonggacha)

    Maftunkor, shirin kulgular kimda bor?
    U mani yorim, ko`zi xumorim, vasliga devonaman.
    Yondirsa mana shu ko`zlar yondirsin,
    O`zimga mos, biram tannoz,
    Nozlaridan rohatlanib sevaman.

    Yorim, qarashlaringga mubtaloman,
    Boshqalarga qayrilma.
    Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon,
    Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x2)

    Yuzlab oy kulib, nur sochgan tunlarga,
    Go`zal yorimning sehrli nigohini almashmayman.
    Ko`rdim rang-barang gulshanda gullarni,
    Hamon yolg`iz vafodorim
    Bo`ylaridan rohatlanib sevaman.

    Yorim, qarashlaringga mubtaloman,
    Boshqalarga qayrilma.
    Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon,
    Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.