Alisher Uzoqov - Yonayoturman ("Tundan tonggacha 2" filmiga soundtrack)

Alisher Uzoqov

Yonayoturman (Tundan tonggacha 2)

Gulimsan, yulduzimsan,
Mening tun-u kunduzimsan.
Jonim, qalbim egasi
Yolg`iz o`zingsan.

Kecha-kunduz azoblarsiz,
o`tar chunki yonimdasan.
Xayolimni, hayotimni
Baxtli etgan yagonamsan.

Yonayoturman, sevayoturman,
Sen uchun faqat yashayoturman.
Yonayoturman, sevayoturman,
Seni deb bedor bo`layoturman.

Yorim, gul misolim,
Qalbim nozik qo`llaringda.
Sevgim sensan,
Abadiy bo`lgin yonimda.

Kecha-kunduz men baxtliman,
Chunki endi yonimdasan.
To hayotman, to mavjudman
Yuragim egasi sensan.

Yonayoturman, sevayoturman,
Sen uchun faqat yashayoturman.
Yonayoturman, sevayoturman,
Seni deb bedor bo`layoturman.

Gulimsan, yulduzimsan,
Mening tun-u kunduzimsan.
Jonim, qalbim egasi
Yolg`iz o`zingsan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonayoturman (Tundan tonggacha 2)
Xonanda:
Alisher Uzoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2017