• Alisher Zokirov - Chimildig'ing qani qo'shiq matni, lyrics

    Alisher Zokirov

    Chimildig’ing qani

    Orzularing armon bo`ldi,
    Armon bo`ldi, go`zal yuz.
    To`y gulxanin ko`rolmading,
    Ko`rolmading, qaro ko`z. (x2)

    Bevafo deb o`tkazibsan
    Qancha kuz, qancha kuz.
    Chimildig`ing qani endi,
    Shirin qiz, shirin qiz?

    Orzularing armon bo`ldi,
    Armon bo`ldi, go`zal yuz.
    To`y gulxanin ko`rolmading,
    Ko`rolmading, qaro ko`z.

    Ishongan do`stlaring yuzin burdimi?
    Bog`laringga har hil xazon to`ldimi?
    Ko`zing ochib-yumibsan – yoshing o`tdimi?
    Chimildig`ing qani, qani shirin qiz? Afsus…

    Va’dalar yolg`oniga uchib qo`nibsan,
    Yagona singlim-ey, gulday so`libsan.
    Sovchi kelmasa toshday qotibsan,
    Chimildig`ing qani, qani shirin qiz?

    Sovchi kelmasa toshday qotibsan,
    Chimildig`ing qani, qani shirin qiz?

    Orzularing armon bo`ldi,
    Armon bo`ldi, go`zal yuz.
    To`y gulxanin ko`rolmading,
    Ko`rolmading, qaro ko`z. (x2)

    Chimildig`ing qani endi,
    Shirin qiz, shirin qiz?

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.