Nechun qalbimga beradi ozor?
Unutayin deb kelmasin zinhor.
Pora dilimni etdilar abgor,
Yorni deya kechdim dunyodan,
Dunyo deya yor kechdi mendan! (x2)

Vafodorligim bilmadi, netay?
Yuragim yig`lar, qanday ovutay?
Sevish gunohmi, ortimga qaytay?
Yorni deya kechdim dunyodan,
Dunyo deya yor kechdi mendan!

Ko`zlaringga zor, yig`laydi beun,
Pinhona izlarni olur o`sha tun,
Yor degan dilni maydalay bugun,
Yorni deya kechdim dunyodan,
Dunyo deya yor kechdi mendan!

Nechun qalbimga beradi ozor?
Unutayin deb kelmasin zinhor.
Pora dilimni etdilar abgor,
Yorni deya kechdim dunyodan,
Dunyo deya yor kechdi mendan!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechdim
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 20, 2017