Alisher Zokirov - To'y kechasi qo'shiq matni, lyrics

Alisher Zokirov

To’y kechasi

Gul shoxiga chiqma, hilol,
Guldak yuzing tirnalmasin.
Yodga tushsam, surma xayol,
Yorim, joning qiynalmasin.

Seni kutar tillo ayvon,
Bor yangi yor go`shasiga.
Sen kelmading, men – notavon,
Kirdim ko`ngil ko`chasiga.

Sen kelmading, men – notavon,
Kirdim ko`ngil ko`chasiga.

Yolg`onchi yor, yot yonida
Seni ko`rib, to`lg`onmadim.
To`y kechasi to`yxonada
Gulxan yondi, men yonmadim!
O`shal kecha, qaro tunda
Gulxan yondi, men yonmadim!

Oysiz tunlar titrar hayron,
Qo`llaringdan tutganim yo`q.
Kezganim yo`q sen-la chorbog`,
Gul yuzingdan o`pganim yo`q.

Momolar haq: sevgi ertak,
Kim murodga, sevib, yetdi?
Sen uyingga bor, kelinchak,
Mening uyim kuyib ketdi!

Sen uyingga bor, kelinchak,
Mening uyim kuyib ketdi!

Yolg`onchi yor, yot yonida
Seni ko`rib, to`lg`onmadim.
To`y kechasi to`yxonada
Gulxan yondi, men yonmadim!
O`shal kecha, qaro tunda
Gulxan yondi, men yonmadim!

O`shal kecha, qaro tunda
Gulxan yondi, men yonmadim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To’y kechasi
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 22, 2017