Yodimda baxtli on,
Nurga to`lgan jahon,
Yuz o`girding mendan,
Yig`laydi keng osmon.

Senga sevgim qurbon,
Unutolmam bir on.
Go`zalginam, seni
Sevar edim, ishon.

Ayt qaylardasan?
Baxt bormi o`zi?
Men oddiyingman,
Sen oyning qizi. (x2)

Unutma birga bo`lgan damlarni,
Unutma dilga to`lgan sevgimni.
Unutma, bilolmading dardimni,
Unutma, seva olmading meni.
Sen meni…

Soniya unutmasman,
Sog`inchingda mastman,
Sen baland yulduzsan,
Men yerdagi xasman.

Imkon ber so`nggi bor,
Mavjudman senki bor.
Sevgim asrash uchun
Bo`lar edim xushyor.

Ayt qaylardasan?
Baxt bormi o`zi?
Men oddiyingman,
Sen oyning qizi. (x2)

Unutma birga bo`lgan damlarni,
Unutma dilga to`lgan sevgimni.
Unutma, bilolmading dardimni,
Unutma, seva olmading meni.
Sen meni…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutma
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2017