Amira Alibekova - Dardi-dardi

Amira Alibekova

Dardi-dardi

Yo bexabarmikan holimdan,
Bee’tibor yor,
Xasta qilib, shikasta ayladi
Bemehr bu yor. (x2)

Balki, tunlari bedor bo`lib
Meni sog`inmoqdadir,
Bildirmayin yana, balki,
U pinhon kutmoqdadir.

Balki, tunlari bedor bo`lib
Meni sog`inmoqdadir,
Bildirmayin men ham
Qanchalar sog`inmoqdadir.

Tunlari bedor, chekadi ozor,
Sevgisini hech etolmas inkor.

Dardi-dardi yuragimni yomon qiynadi,
Zarbi-zarbi faqat seni deya uradi. (x2)

Yor bitta sirin, nahot,
Menga etolmas oshkor?
Yoki aytmaydi qarorini,
Kimda ko`ngli bor? (x2)

Balki, tunlari bedor bo`lib
Meni sog`inmoqdadir,
Bildirmayin yana, balki,
U pinhon kutmoqdadir.

Balki, tunlari bedor bo`lib
Meni sog`inmoqdadir,
Bildirmayin men ham
Qanchalar sog`inmoqdadir.

Tunlari bedor, chekadi ozor,
Sevgisini hech etolmas inkor.

Dardi-dardi yuragimni yomon qiynadi,
Zarbi-zarbi faqat seni deya uradi. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardi-dardi
Xonanda:
Amira Alibekova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 11, 2015