Amira Alibekova - Najotimsan

Amira Alibekova

Najotimsan

Qalbimning amriga
Bo’ysunmadi yuragim,
Sultonu, begim deya
Aytolmadi ko’nglim.

Oh, ko’ksimning anorin
Har dona gavhari qon,
Senga uning olmosin
Asraganman, ishon.

Najotimsan, najotimsan,
Umidim, umidimsan.
Seni sezdim, kutganimsan,
Sen orzu, najotimsan. (x2)

Kimlar bo’ldi armon,
Kimning vasli fig’on?
Ishq bevafo oshyon,
Zo’r giryondir hamon.

Beburd xayotimda,
Paydo bo’lib umidim,
Senda sezdim baxtim,
Sensanmu najotim?

Najotimsan, najotimsan,
Umidim, umidimsan.
Seni sezdim, kutganimsan,
Sen orzu, najotimsan. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Najotimsan
Xonanda:
Amira Alibekova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 21, 2013