So’nggi onlar, so’nggi nigohlar,
Bu armonlar davrin izohlar.
Sevgimizni asray olmay,
Biz sarsonlar chekamiz ohlar.

Ayriliq dard, qalbimiz dog’lar,
Ko’rolmaslar vaqtini chog’lar.
Ketar bo’ldim olislarga,
O’rtamizda dengizlar, tog’lar.

Ko’zyoshim tinmas, netay?
Sening nigohing ko’zdan ketmas.
Yuragim ko’nmas, netay?
Sensizlik og’ir azobdir,
Bardoshim yetmas.

Alvido yor, alvido jonim,
So’nggi diydor – so’nggi imkonim.
Endi menga begonasan,
Qalbimdagi yolg’iz insonim.

Ko’zyoshim tinmas, netay?
Sening nigohing ko’zdan ketmas.
Yuragim ko’nmas, netay?
Sensizlik og’ir azobdir,
Bardoshim yetmas.

Bardoshim yetmas… (x2)

Ko’zyoshim tinmas, netay?
Sening nigohing ko’zdan ketmas.
Yuragim ko’nmas, netay?
Sensizlik og’ir azobdir,
Bardoshim yetmas.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netay
Xonanda:
Amira Alibekova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 2, 2016