Amira Alibekova - Qani qani

Amira Alibekova

Qani qani

Sani man vafodor desam,
Dilingda o’zgasi bormi?
Yo’lida intizor desam,
Orzular bari bekormi?

Gohida kelasan-ketasan,
Yuragimga ozor etasan,
So’zimga so’z demay, indamay,
Azoblab aytgin, yor netasan?

Qani, qani so’zla, xayoling kimda yana,
Aytgin, aytgin desamda, yorim jimda yana,
Mani, mani hayajon yuragimda yana,
Jonim, jonim so’zla, xayoling kimda yana. (x2)

O’ylanib qolaman goho,
Dardimdan daraging bormi?
Mani ayt, qalbingda tanho,
Aslida yuraging bormi?

Gohida kelasan-ketasan,
Yuragimga ozor etasan,
So’zimga so’z demay, indamay,
Azoblab aytgin, yor netasan?

Qani, qani so’zla, xayoling kimda yana,
Aytgin, aytgin desamda, yorim jimda yana,
Mani, mani hayajon yuragimda yana,
Jonim, jonim so’zla, xayoling kimda yana. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qani qani
Xonanda:
Amira Alibekova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 18, 2014