• Amira Alibekova - Umr o'taveradi

    Amira Alibekova

    Umr o’taveradi

    Tongga, tunga aldanib
    Umr o’taveradi.
    Azob bersang bir og’iz
    Uzr o’taveradi.
    Umrim sensiz o’taveradi,
    Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
    Umidlarga zanjirband yurak.

    O’rik gullab barg to’kar,
    Bahor o’taveradi,
    Necha yillar shu zayil
    Takror o’taveradi.
    Rahmatlar ham o’taveradi,
    Nafratlar ham o’taveradi,
    Umidlarga zanjirband yurak.

    Ko’zlarda umidlar yig’lar,
    Qaytar u deb,
    Xayollar qalbimni tig’lar
    Qaytarmu deb.
    Ertamga ishongim kelar
    Qaytar u deb,
    Qaytar u deb umrim o’tar.

    Mag’rurlikka bosh egib
    Hayot o’taveradi,
    Sen o’zingga dushman deb
    Isbot o’taveradi,
    Umrim sensiz o’taveradi,
    Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
    Umidlarga zanjirband yurak.

    Ko’zlarda umidlar yig’lar,
    Qaytar u deb,
    Xayollar qalbimni tig’lar
    Qaytarmu deb.
    Ertamga ishongim kelar
    Qaytar u deb,
    Qaytar u deb umrim o’tar.

    Tongga, tunga aldanib
    Umr o’taveradi.
    Azob bersang bir og’iz
    Uzr o’taveradi.
    Umrim sensiz o’taveradi,
    Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
    Umidlarga zanjirband yurak.

    Umr o’taveradi…
    Yoshlik o’taveradi…