Har kunimdan bir saboq qolar,
Qadringga yetmadim, malikam.
Olsa jonim, shu gunoh olar,
Qadringga yetmadim, malikam.

Tunlar diling ko`zyoshga botib,
Tonglar kulding xandalar otib,
Seni shundoq qo`ydim yo`qotib,
Qadringga yetmadim, malikam.

Seni ko`p sog`indim, erkam,
Qaniydi bir bora ko`rsam,
Dardlarimni o`zingga aytsam,
O-o-oh, malikam.

Juft qaldirg`och baxtdan in qursa,
Tikon gulni erkalab tursa,
Bu dunyoda bir baxtsiz yursa,
Qadringga yetmadim, malikam.

Armon boshda boshim bo`lib,
Ichgan oshim nolishim bo`lib,
Hijron qoldi xonishim bo`lib,
Qadringga yetmadim, malikam.

Seni ko`p sog`indim, erkam,
Qaniydi bir bora ko`rsam,
Dardlarimni o`zingga aytsam,
O-o-oh, malikam.

Seni ko`p sog`indim, erkam,
(Seni ko`p sog`indim, erkam)
Qaniydi bir bora ko`rsam,
(Qaniydi bir bora ko`rsam)
Dardlarimni o`zingga aytsam,
(Dardlarimni o`zingga aytsam)
O-o-oh, malikam. (Malikam)

Seni ko`p sog`indim, erkam,
Qaniydi bir bora ko`rsam,
Dardlarimni o`zingga aytsam,
O-o-oh, malikam. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Malikam
Xonanda:
Anvar G'aniyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 11, 2017