Anvar Sanayev - Chin oshiqlar

Anvar Sanayev

Chin oshiqlar

Chin oshiqlar yolg’ondan
Qasamlar ichmaydilar.
Kechishi mumkin jondan,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sinovdan qochmaydilar,
Havasga uchmaydilar, (x2)
O’zgani quchmaydilar,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Yo’llarini to’ssang ham,
Qo’llarini kessang ham, (x2)
Bo’yniga dor tutsang ham,
Sevgidan kechmaydilar.

Sinovdan qochmaydilar,
Havasga uchmaydilar, (x2)
O’zgani quchmaydilar,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sevgi taftini tuyib,
Kunda bittasin suyib,
Juftini yolg’iz qo’yib,
Sevgidan kechmaydilar,
Qasamlar ichmaydilar.

Deydiki oshiq Ahad,
Sevgiga ko’nmoqlik shart.
O’yin emasdir qismat,
Sevgidan kechmaydilar.

Chin oshiqlar yolg’ondan
Qasamlar ichmaydilar.
Kechishi mumkin jondan,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sevgidan kechmaydilar… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chin oshiqlar
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 25, 2015