Anvar Sanayev - Jufti halolim

Anvar Sanayev

Jufti halolim

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g’amimiz bor?
Garchi bog’lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Mehri, sadoqat siymu zar sanam,
Munglig’im, munisim, mushtiparginam.
Parvonam sensanu boshimda mudom,
Qadringga yetmayin kelganim alam. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g’amimiz bor?
Garchi bog’lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Bir bor qosh uymagan qalamqoshligim,
Sochingdagi oqlar – bag’ritoshligim.
Bir shirin so’z aytmay, bitta gul tutmay,
Sen gulni so’ldirdi mening yoshligim. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g’amimiz bor?
Garchi bog’lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Darding olay, yorim, aytgil dardingni,
Tog’lar ko’tarolmas sening dardingni.
Sevdim, demasam ham, sevgim izhori –
Umr o’rtasida bildim qadringni. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g’amimiz bor?
Garchi bog’lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Bizni birovlardan ne kamimiz bor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jufti halolim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2015