Yana yolg’iz tun, yana o’zim,
Yana ko’zyoshga to’lar ko’zim,
Bir kun meni sevasan, deb o’ylab,
Yashayabman o’zimni aldab.

Xonam uzra kezar jimlik,
Tunim bedor, yana sensizlik.
Qo’limda qahva sovib borar,
Nahotki umid so’nib borar?

Afsus, qayg’ular tugamas,
Afsus, unutib ham bo’lmas seni.

Yuraging mendamas, xayoling uzoqda,
Sen bilanman deysan, lekin nega soxta?
Yuraging sezolmas, sabrim tugamoqda,
Yoningdaman deysan, aytgin nega soxta?

To’rt tomon go’yo chegaralar,
Hayot tobora dil poralar,
Har doim seni sevganimmi
Yo qalbimning ishonganimi?

Bu ko’zlarimda yashirin dard,
Bu o’tishlaring soxta faqat.
Har kun menga atalgan gullar
Axir sevgingsiz tikondir ular.

Afsus, qayg’ular tugamas,
Afsus, unutib ham bo’lmas seni.

Yuraging mendamas, xayoling uzoqda,
Sen bilanman deysan, lekin nega soxta?
Yuraging sezolmas, sabrim tugamoqda,
Yoningdaman deysan, aytgin nega soxta?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Soxta
Xonanda:
Asal Shodieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2015