Aslbek Negmatov - Yolgonmu

Asilbek Negmatov

Yolg’onmu

Ko’z ostingdan menga qaraganlaring,
Hatto hazonlardan qizg’onganlaring,
Bag’ringga bosib xo’rsinganlaring
Yolg’onmu, yolg’onmu, yolg’onmu jonim,
Yolg’onmu, yolg’onmu, yolg’onmu jonim.

Oq liboslar senga yarashibdimu,
Hamma havas ila qarashibdimu,
Ko’zing yor tanlashda adashibdimu,
Ko’zing yor tanlashda adashibdimu.
Bergan va’dalaring yolg’onmu jonim,
Bergan va’dalaring yolg’onmu jonim.
Yolg’onmu, yolg’onmu, yolg’onmu jonim,
Bergan va’dalaring yolg’onmu jonim.

Chimildiqdan mo’ralab qararmikinsan,
Yoringni intizor kutarmikinsan,
Mani yonganlarim bilarmikinsan,
Mani yonganlarim bilarmikinsan.

Endi kelmasliging rost boldi jonim,
Endi kelmasliging rost boldi jonim.

O’zgaga bu ishqing darmonmu jonim,
Bergan va’dalaring armonmu jonim.

Qo’ygin qiynamagin mani jonimni,
So’rab quygin mani bir bor holimni,
Artib quygin yuzda turgan yoshimni,
Qayga qo’yay endi sensiz boshimni,
Mani kut deganing yolg’onmu jonim.

Qiynaldi jonim, o’rtandi jonim,
Sansiz chiqolmadi tanamda jonim,
Sansiz chiqolmadi tanamda jonim.
Tanamda jonim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’onmu
Xonanda:
Asilbek Negmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2013