Aslbek Negmatov - Qarang-qarang

Asilbek Negmatov

Qarang-qarang

Har maylisda shodlandim ham yig’ladim,
Kerak bo’lsa, bo’lmasada vujud ila tingladim.
Saning husning xayolimda, ammo mendan yiroqlarda,
Sani ko’rar ko’zlarim tinglar bu quloqlarda.
Ey jon, ey jon, ey jon, ey jon.

Qoshlaringiz adosiman,
Ko’zlaringiz gadosiman,
Sochlaringiz shaydosiman,
Bu dunyoning navosiman.

Qarang-qarang, yana qarang,
Yondirib-ey, kuydirib qarang.

Yurak yig’laydi-ye, yurak yig’laydi,
Siz yo’q davralarda kulgim kelmaydi.
Bag’rim yig’laydi-ye, ko’nglim yig’laydi,
Qarab qo’ysangiz gar, tanam titraydi.

Qarang-qarang, yana qarang,
Yondirib-ey, kuydirib qarang.

O’z ko’zimdan qizg’onaman,
Ko’rolmayey qiynalaman,
Husningizga devonaman,
Bunchlarey qiynalaman.

Qarang-qarang, yana qarang,
Diltorini chertib qarang.

Yurak yig’laydi-ye, yurak yig’laydi,
Siz yo’q davralarda kulgim kelmaydi.
Bag’rim yig’laydi-ye, ko’nglim yig’laydi,
Qarab qo’ysangiz gar, tanam titraydi.

Qarang-qarang, yana qarang,
Yondirib-ey, kuydirib qarang.

Bag’rim yig’laydi-ye, ko’nglim yig’laydi,
Qarab qo’ysangiz gar, tanam titraydi.
Qarang-qarang, yana qarang,
Yondirib-ey, kuydirib qarang.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qarang-qarang
Xonanda:
Asilbek Negmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 9, 2014