• Xayol seni eslasa gar,
    Bazmlarda kulolmadim,
    Sho’x sozli bu navolarga
    Ko’ngil yozib o’ynolmadim.

    O’zga yorning quchog’ida
    To’yib-to’yib uxlolmadim,
    Ul yor sezmasmikin deya,
    Bo’zlab-bo’zlab yig’lolmadim.

    Ming bir yorlar qarashlarin
    Senga o’xshatolmadim,
    Ul yorlarning so’zlaridan
    Ma’nolarni topolmadim.

    Voy yondirding jonima,
    Aldamchiyey, zolima. (x2)
    Dushmanim ham boshim silar,
    Ko’rib mani holima. (x2)

    Gulim, taqdir iplariyey
    O’zga gulga boylonadi,
    Shu onlarda bahorima
    Kuzlargayey aylonadi.

    Yorim endi o’zga bilan
    Tonglarda uyg’onadi,
    Nechun dunyo mendan shu on
    Havolarni qizg’onadi?

    Barisiga chidab yurak,
    Bir zarbaga chidolmadi,
    U o’zganing quchog’ida,
    Tunlarda to’lg’onadi.

    Voy yondirding jonima,
    Aldamchiyey, zolima. (x2)
    Dushmanim ham boshim silar,
    Ko’rib mani holima. (x2)

    Voy yondirding jonima,
    Aldamchiyey, zolima. (x2)
    Dushmanim ham boshim silar,
    Ko’rib mani holima. (x2)