Senga tashna bo`lib ey, jonon,
O`rtanadi tanda shirin jon. (x2)
Atrofingda bo`lib men giryon,
Sen-la suhbat qurgali keldim. (x2)

Ko`rgali keldim, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.
Ko`rgali keldim, voh, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.

Gar uzatsang piyolada choy,
Davra go`zal bo`lar hoynahoy.
Qoshlari yoy, to`lin yuzi oy,
Senga mehrim bergali keldim.

Qoshlari yoy, to`lin yuzi oy,
Senga mehrim bergali keldim.

Ko`rgali keldim, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.
Ko`rgali keldim, voh, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.

Ishqim bo`lib senga payvasta,
Yuzlariga boqay havasda,
Sayr aylasang bog`larni asta,
Men yoningda turgali keldim.

Sayr aylasang bog`larni asta,
Men yoningda turgali keldim.

Ko`rgali keldim, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.
Ko`rgali keldim, voh, ko`rgali keldim,
Sen-la suhbat qurgali keldim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Keldim
Xonanda:
Asliddin Do'stov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2016