Ko’ngil mulkiga kirding dilrabo, ohista, ohista. (x2)
Uning dildori bo’lding bebaho, ohista, ohista. (x2)

Va nogoh beijozat kelding-u, hayratda qoldirding,
Olib domiga bir ohanrabo, ohista, ohista. {x2}

Dilim bog’iga o’tkazgan bu ezgu dardni xolingiz, (x2)
Vafo ul ne, vafo ul ne vafo ohista, ohista.

Shirin damlar ato qilding xayolim koinotiga,
O’zing kel endi, janon, marhabo ohista, ohista.

Ko’zidan o’zga aybi bormu bu olamda ohuning,
Ko’zing mardum ila etgin shifo, ohista, ohista. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ohista
Xonanda:
Avazbek Olimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 20, 2015