Gulshanimda sayr aylab,
Yurishingiz chiroyli.
Gul ichinda mo’ralab
Turishingiz chiroyli.

Guldan libos kiyibsiz,
Sumbullarni tarabsiz. (x2)
G’unchalarni qizartirib
Kulishingiz chiroyli. (x2)

Kulishingiz chiroyli,
Yurishingiz chiroyli. (x2)
Gul ichinda mo’ralab
Turishingiz chiroyli. (x2)

Bog’ sahnida atirgul
Sizni ko’rib yalinsa,
Va’da qilib qulingiz,
Qarashingiz chiroyli.

Gul shoxida bulbullar
Sizga qarab sayraydi,
Ovoziga jo’r bo’lib,
Sayrashingiz chiroyli. (x2)

Kulishingiz chiroyli,
Yurishingiz chiroyli. (x2)
Gul ichinda mo’ralab
Turishingiz chiroyli. (x2)

Chustiy sizday barnoni
Ishqingizga qoyildir,
Sevgi uchun guldasta
Bo’lishingiz chiroyli.

Gulshanimda sayr aylab,
Yurishingiz chiroyli.
Gul ichinda mo’ralab
Turishingiz chiroyli. (x2)

(Kulishingiz chiroyli,
Yurishingiz chiroyli. (x2))

Kulishingiz chiroyli,
Yurishingiz chiroyli. (x2)
Gul ichinda mo’ralab
Turishingiz chiroyli. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chiroyli
Xonanda:
Azim Mullaxonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 6, 2016