Azim Mullaxonov - Go'zalimsan

Azim Mullaxonov

Go’zalimsan

Tashlama menga, jonim, o’tli nigohing,
Sehrlab olganingdan yo’qmi ogohing.
Uyg’otmagil qalbimda kuchli g’alayon,
Istasang gar, bo’lurman sening hamrohing.

Uyg’otmagil qalbimda kuchli g’alayon,
Istasang gar, bo’lurman sening hamrohing.

Go’zalimsan, asalimsan, bir umrga sevgilim,
Mushtoq etma, so’zlaringga, jilo sochgan bir gulim.

Boqsam, sira to’ymayman gulgun yuzingga,
Buncha mushtoq etmagil shirin so’zingga.
Senga yurak intilar, sohibjamolim,
Dilim qolgan bog’lanib faqat o’zingga.

Go’zalimsan, asalimsan, bir umrga sevgilim,
Mushtoq etma, so’zlaringga, jilo sochgan bir gulim.

Surarman sen haqingda doimo xayol,
Siymoing butun ongim etgandi ishg’ol.
Shirin orzu-umidlar tug’dirar ishonch,
Balki, sen ham sevarsan meni, ehtimol.

Go’zalimsan, asalimsan, bir umrga sevgilim,
Mushtoq etma, so’zlaringga, jilo sochgan bir gulim.

Jilo sochgan bir gulim, jilo sochgan bir gulim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zalimsan
Xonanda:
Azim Mullaxonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 26, 2015