Azim Mullaxonov - Janona o'ynaysiz

Azim Mullaxonov

Janona o’ynaysiz

Yona-yona, siz janona,
Yana aylona o’ynaysiz.
Dona-dona qadamlarni
Tashlab har yona o’ynaysiz.

Bo’ylaringizdan o’rgilay,
Bo’lib man sizga mahliyo.
Noz ila dilni rom aylab,
Yana mastona o’ynaysiz.

Noz ila dilni rom aylab,
Yana mastona o’ynaysiz.

Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.
Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.

Shahlo ko’zli, shirin so’zli,
Go’zallar ichra tanhosiz.
Ko’kdagi oyga o’xshaysiz,
Go’yo afsona o’ynaysiz.

Kiprigingizdan otib o’q,
Ko’zlaringda yonar cho’g’.
Atrofingizda yulduzlar
O’zi parvona, o’ynaysiz.

Atrofingizda yulduzlar
O’zi parvona, o’ynaysiz.

Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.
Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.

Chamanzordagi gullardan
A’lo gulra’no o’zingiz.
Bulbullarni mast aylabon
Bo’lib durdona o’ynaysiz.

Ko’zlarim sizdan uzolmay
Oshiqi devona bo’ldim.
Bir qiyo boqmay, go’zal qiz,
Bizga begona o’ynaysiz.

Bir qiyo boqmay, go’zal qiz,
Bizga begona o’ynaysiz.

Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.
Janona o’ynaysiz, janona o’ynaysiz,
Mastona o’ynaysiz, mastona o’ynaysiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Janona o’ynaysiz
Xonanda:
Azim Mullaxonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 7, 2016